7-kun: Aktiv fokus: ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun eng muhim stimul

06 января, 2023 0

Bugungi darsga kelib siz ko‘rish qobiliyati haqida juda ko‘p narsani o‘rgandingiz: ko‘z qanday ishlaydi, miopiya qanday sodir bo‘ladi, ko‘rish qobiliyatini uy sharoitida qanday tekshiriladi, va eng asosiysi uzoqni ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynakni yaqin masofaga taqishni to‘xtatish bilan miopiyaning o‘sishi to‘xtatiladi, ko‘z uchun nima yaxshi va nima yomon va hakazo.


Lekin bu hali hammasi emas. Mana bugun eng qiziq, va eng muhim qismga yetib keldik. Fokuslovchi (siliyer) mushagini qanday qilib ongli ravishda nazorat qilish mumkinligini bilasizmi? Buni “aktiv fokus” deb nomlaymiz, chunki biz faol ravishda ko‘z fokusini nazorat qilamiz. Ushbu uslub bilan ko‘zlaringiz doimiy yaxshilanib boradi.


Aktiv fokus nima?


Aktiv fokus EndMyopia kursining eng asosiy qismidir. Buni siliyer mushakni ongli ravishda dam oldirish deb ta’riflash mumkin. Ushbu amal tasvirni tiniqlashtirishga va uzoq vaqt davomida ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga turtki beradi. Shu bilan bir qatorda, uni tushinib olish va amalda qo‘llash ba’zan juda qiyin bo‘lishi mumkin. Aktiv fokusni topish uchun anchagina vaqt sarflashingiz kerak bo‘ladi. Tajribali EndMyopia kursi talabalari, ehtimol, yangi kelganlarga uni qanday ishlashi, xiralikni qanday tiniqlashtirishi va uzoq muddatli yutuqlarni zavq bilan aytib berishar. Yangi kelganlar eshitib ko‘rib ehtimol qiziqishar, lekin baribir o‘zlari boshidan kechirmaguncha, bu narsaga shubha qilishadi, balki qo‘l siltab ham ketishlari mumkin.


Aktiv fokus qanday ishlaydi?


Aktiv fokus oz miqdordagi miopik defokus(miopiya sabab yaxshi ko‘ra olmaslik)ni sozlaydi. Aktiv fokus miopiyani ortga qaytarish uchun zarur stimul beradi. Ko‘z charchog‘ini nazorat qilishda ham uning ahamiyatga katta.


Aktiv fokus uzoqdan ko‘rishni biroz oldinga surishga harakat qiladi. Biroq, aktiv fokusga erishish so‘z bilan tushuntirib beriladigan oson ish emas. Tanangizning skelet mushaklarini harakatlantirish oson bo‘lsa da, siliyer muskullarni xuddi shunday boshqarish mumkin emas. Biroq, xiralashish gorizontini ehtiyotkorlik bilan manipulyatsiya qilish orqali, tasvirni fokusga tushirish uchun ko‘zlarni biroz kuchliroq harakat qilishga undash mumkin. Ko‘zlarning mana shu qo‘shimcha harakat qilishi Aktiv Fokus jarayoni deyiladi.


Aktiv fokusni to‘g‘ri qilish uchun, ko‘zlarga qay miqdordagi xiralik kerakligini bilish juda muhimdir. Bunga normallashtirilgan (uzoqqa mo‘ljallangan) va differensial (yaqin masofaga mo‘ljallangan) ko‘zoynaklar yordamida erishish mumkin. Optikada siz yasatgan to‘liq dioptriyalik, sizga har qanday masofada hamma narsani hech qanday qiyinchiliksiz tiniq ko‘rsatadigan ko‘zoynakdan farqli o‘laroq normallashtirilgan va differensial ko‘zoynaklar xiralik gorizontini topishni ta’minlaydi. Bu xiralik gorizonti aktiv fokusni bajarishga imkon beradi. Xiralik chegarasi juda ko‘p bo‘lmasligi kerakki, bu ko‘zlar uchun aktiv fokusni topishga juda qiyin; va unchalik sezilmaydigan darajada ham bo‘lmasligi kerak.


Aktiv fokus qanday bajariladi?


Aktiv fokusni mashq qilish ko‘z mashqi sifatida qaralmasligi kerak. Uni odatga aylantirish uchun kundalik hayotingizga kiritishingiz kerak. Normallashtirilgan va differensial ko‘zoynaklar to‘g‘ri ishlatilsa, kun davomida har qanday joyda aktiv fokus qilish imkoniyati bo‘ladi. Bu odatga aylangach xiralik avtomatik tarzda tiniqlashadi va bora-bora ko‘rishni yaxshilash uchun “qattiq harakat qilish” zarurati yo‘qolib boradi. Yaqin masofada ishlaganda aktiv fokusni barajarish uchun tez -tez tanaffus qilish, siliyer spazmi va miopiya yomonlashuvining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Aktiv fokusni to‘g‘ri va doimiy ravishda bajarish o‘rtacha har 3 oyda miopiyani 0,25 diopteriyaga kamaytiradi. Albatta kimdadir bundan ko‘ra tezroq, kimdadir esa sekinroq amalga oshishi mumkin. Bu barchasi sizning sa’y harakatingizga bog‘liq, Allohning izni bilan.


Aktiv fokusni bajarishning aniq ko‘rsatmasi yo‘q, uni so‘z bilan ifodalab ham bo‘lmaydi. Buni xuddiki qoshni qoqish, burun yoki quloqlarni qimirlatish kabi jarayonlarga taqqoslasa bo‘ladi. 2–3 yoshlik bolaga qoshini qoqishni o‘rgata olasizmi? Albatta buni so‘z bilan tushuntira olmaysiz, balki bola o‘zi harakat qilib tajribada uni topishi shart bo‘ladi. Avvaliga ko‘zlarini katta ochib ko‘radi, keyin ko‘zlarini tepaga, pastga qaratib ko‘radi, balki hafsalasi pir bo‘lib urinib ko‘rmas, lekin vaqt o‘tishi bilan qosh qoqishni ham o‘rganib oladi. Xuddi shu kabi, kattalar ham aktiv fokusni topishda ba’zan 1 oylab vaqti ketishi mumkin.


Aktiv fokusni mashq qilishning eng oson usuli biror kitobni olib, ko‘zoynaksiz biroz xiraroq ko‘ra oladigan masofaga qo‘yib o‘sha xiralikni ketqizishga harakat qilishdir. Avval tiniq ko‘ra oladigan masofaga qo‘ying, keyin sekinlik bilan kitob bilan oraliq masofani oshirib boring, tiniqlik biroz yo‘qola boshlagach esa biror so‘z, hattoki biror harfga sinchkovlik bilan tamosha qiling(!), shunchaki qaramang, balki kuzating, xiralikni birovga tushuntirib bering. Keyin o‘sha xiralikni yo‘qotish uchun ko‘zingizga buyruq bering, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying, ko‘zni qismang, balki shunchaki yengil ochib yoping. Harfning chetlari, burchaklariga e’tibor bering. Agar uzoq vaqt ko‘zni pirpiratmasdan tikilib tursa ko‘z namlanadi, va biroz achishadi, va natijada tasvir qisqa muddat tiniqlashadi — bu aktiv fokus emas. Yoki ba’zan ko‘zni qattiqroq yumib ochish bilan ham tasvir vaqtinchalik tiniqlashishi mumkin — bu ham aktiv fokus emas. Aktiv fokusni hamma har xil ta’riflaydi, kimdadir go‘yoki ko‘zning ortidan qaragandek, ko‘zni orqasida biroz tortilish bo‘lgandek effekt paydo bo‘ladi. Ilmiy tilda aytganda esa, yorug‘lik retinadan biroz oldinroqqa tushganda, aktiv fokus ko‘z soqqasi qisqarishi uchun stimul yaratadi, ya’ni retina fokusga qarab «tortiladi».


Aktiv fokusni uzoq masofada ham bajarish mumkin. Buning uchun normallashtirilgan ko‘zoynak (to‘liq dioptriyalik ko‘zoynagingizdan 0.25 dioptriya kamaytirilgani, misol uchun -3.25 lik ko‘zoynak taqish buyurilgan bo‘lsa, -3.00 dioptriyalik ko‘zoynak) bilan uzoq masofani biroz xiraroq ko‘rish mumkin. Biror yo‘l belgisi, reklama bannerlari, yoxud o‘tkir qirraga ega biror buyumga qarab ham aktiv fokusni amalga oshirish mumkin. Agar xiralikni ketqizish juda qiyin bo‘lsa, masofani biroz qisqartirish evaziga xiralikni ham kamaytirib harakat qiling. Agar xiralik o‘ta osonlik bilan ketsa, unda masofani ozroq oshiring. Muhimi, har doim — kompyuterga qaraganda ham, ko‘chada yurganda ham, kitob o‘qiganda ham, hamma vaqt hamma yerda aktiv fokusni amalga oshiring va buni odatga aylantiring.


Boshida aytib o‘tganimdek, men tibbiy maslahat bermayman, chunki bu soha mutaxassisi emasman. Men mavjud, ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan, ishonchli ilmiy maqolalar asosida tayyorlangan, inglizchadagi materiallarni o‘zbek tiliga tarjima qildim. Buning uchun oylab vaqt sarfladim. Lekin sizga buni o‘qish uchun bir necha kun yetarli bo‘ladi. Iltimos, mendan mavzudan tashqarida savol so‘ramang. Biz bilan ushbu sayohatga otlaning, va muvaffaqiyatingizni boshqalar bilan bo‘lishing.


Manba:https://endmyopia.org/day-77-active-focus-key-stimulus-for-better-eyesight/


Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив