Ko‘z qanday ishlashi va miopiya haqida batafsil kurs
Miopiya haqida batafsil
Sizning ko‘zlaringiz buzilmagan — kasal emas. Miopiya sirli kasallik emas. Psevdo miopiya (charchash alomati) va progressiv miopiya (ob’ektiv linza tomonidan yaratilgan stimul) mavjud. Agar siz ushbu maqoladan faqat bitta narsani o‘rganadigan bo‘lsangiz, bu biz miopiyani “xato” yoki kasallik deb emas, balki ko‘zning ko‘rish kuchini aniqlashdagi holat sifatida qaraymiz. Ko‘zingizning biologiyasi qanday ishlashi quyidagi videoda ko‘rsatilgan.
Ko‘zlarda aniq tasvir qanday hosil bo‘ladi? Retina
Retina ko‘z soqqasining orqa qismida joylashgan. Old qismdagi linza uzoq yoki yaqin atrofdagi narsalardan qaytgan nurni retinaga yuboradi. Mana shu yerda signal qayta ishlanib, miyadagi tasvir korteksiga jo‘natiladi.
O‘tkir fokusni yaratish: siliyer tanasi.
Yorug‘likni fokusga qaratish uchun ko‘zingiz moslashuvchan linza va dumaloq mushak (siliyer)dan foydalanadi. Uzoq masofadan ko‘rish uchun linza shakli mushakni bo‘shashtirishga imkon beradi. Yaqin masofaga qarasangiz, linza shakli o‘zgarishi uchun siliyer taranglashadi.
Psevdo miopiya: mushaklarning spazmi (siqilishi).
Ko‘z asosan yaqin masofada fokuslashga mo‘ljallanmagan. Uzoq vaqt tortishib turishi natijasida siliyer mushagi siqilib, qotib qoladi. Agar to‘liq bo‘shashmasa, linza uzoq masofada fokusga qayta olmaydi. Bu holatda uzoq masofadan ko‘rishingiz xiralashadi, va ko‘pincha psvedo (yolg‘on) miopiya yoki yaqin masofa sabab vaqtinchalik miopiya (NITM) deb nomlanadi.
Psevdo Miopiyani davolash: ko‘zoynak va linzalar
Psevdo miopiya — bu fokusga oluvchi mushaklarning spazmidir. Ko‘zingizning linzasi hali ham yaqindan ko‘rish rejimda, chunki fokuslangan mushak bo‘shashmadi. Siz uzoq masofaga qarayapsiz, lekin linza hali ham yaqindan ko‘rish shaklida turipti. Natijada, uzoqdagi tasvirlar sizning retinangizda to‘g‘ri fokusga tushmaydi. Shuning uchun uzoqdagi tasvir xira ko‘rinadi. Ko‘zoynak va kontakt linzalar fokus nuqtasini ko‘zingizning orqasiga suradi, va sizga uzoq masofadan tiniq ko‘rishga imkon beradi.
Ko‘zlaringiz stimul(ta’sir ko‘rsatuvchi omil)larga moslashadi
Insonlarning ko‘zlari linzadan(ya’ni ko‘zning linzasi)dan retinagacha bo‘lgan uzunligi bo‘yicha turlicha bo‘ladi (gorizontal o‘zgarish deb ham ataladi). Ko‘pchiligimiz “juda qisqa” ko‘zlar bilan tug‘ilamiz, fan tili bilan aytganda gipermetropik ko‘zlar(yaqin masofani tiniq ko‘ra olmaslik). Vaqt o‘tishi bilan atrof-muhit ta’sirida ko‘zlarimiz uzunligi to‘g‘irlanadi va bizga har qanday masofada tiniq ko‘rish imkoniyatini beradi. Ko‘zlarimiz ana shunday yaratilgan — tashqi omillar ta’siriga moslashadi.
Ko‘zoynaklar ko‘zimizni “uzaytirish” stimuli
Manfiy ko‘zoynak taqish fokus tekisligini ko‘z soqqangizni orqasiga qaytaradi (eslang: manfiy linzalar sochuvchi bo‘ladi, ya’ni nurni orqaroqqa uzatadi). Bu miopiya alomatini yo‘qotish uchun qisqa vaqt ichida ishlasa-da, shu bilan birga ko‘zingizda stimul yaratadi. Ko‘zingiz, yaratilgani kabi, tabiiy ravishda yangi stimulga muvofiq o‘zining uzunligini to‘g‘rilashga kirishadi.
Bu ko‘pincha progressiv(yolg‘on) miopiya deb ataladi.
Miopiyani qaytarish kaliti: gorizontal o‘zgarish ikki yo‘nalishda davom etadi.
Bu miopiyani qaytarish mavzusiga bag‘ishlangan ulkan, asosiy va markaziy nuqta.
1) Ko‘z — bu stimulga moslashuvchi “mashina”. Miopiya shunchaki ko‘rishdagi o‘zgarish holati, nuqson, kasallik yoki “xatolik” emas.
2) Gorizontal o‘zgarish tashqi omil ta’sirida ikki tomonlama bo‘ladi (qisqaradi yoki cho‘ziladi). Ushbu maqolada klinik tadqiqotlar buning dalilini ko‘rsatadi.
Ko‘zoynakdan qutulishning 4 bosqichi
Ushbu videoda 6/6 ko‘rish qobiliyati(20/20 deb ham ataladi, 20 fut ya’ni 6 metr. Miopiyasi bo‘lmaganlar 6 metr masofadan ko‘ra oladigan narsalarni 6 metrdan ko‘ra olish, ya’ni uzoqni tiniq ko‘rish qobiliyati)ni tiklash uchun kerak bo‘ladigan ishlarni o‘rganamiz. Bu qoidalar juda oddiy, lekin ularni o‘rganib tatbiq etishingiz juda muhim.
Miopiyani to‘xtatish va ortga qaytarishning 4 qadami
Videoning qisqacha bayoni:
Nima uchun miopiya haqida, ko‘zning biologiyasi haqida o‘qib bosh og‘ritib o‘tirishimiz kerak? Tayyorgina qilishim kerak bo‘lgan ishlarni ayt, bo‘ldi deyishingiz mumkin. Internetda yolg‘on ma’lumotlar yetarlicha ko‘p, siz avval ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshiring. Ushbu materiallar ilmiy tadqiqotlar xulosasi, ingliz tilini bilganlar scholar.google.com saytiga borib quyidagi ba’zi kalit so‘zlarni yozib bular haqida ma’lumot olishi mumkin: pseudo myopia, hyperopic defocus, lens-induced myopia,transient myopia,active focus va hkz. Balki rus tilida ham juda ko‘p materiallar bo‘lishi mumkin, afsus o‘zbek tilida bu haqida batafsil ma’lumotlar juda kam. Maqsadim boshqalar ham bundan xabardor bo‘lsin, va biz vaqtida yo‘l qo‘ygan xatoga ular yo‘l qo‘ymasin.
Birinchi qilinadigan ish demak miopiyaning o‘zi nima, nima uchun uzoqni yaxshi ko‘ra olmaymiz, bunga nimalar sabab bo‘ladi shularni o‘rganishimizdir. Muammoning sababini bilmay turib uni tuzatishga urinishimiz to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Keling, yana bir bor qisqacha ko‘z va ko‘zoynaklar qanday ishlashini eslab olamiz. Miopiyaning boshlang‘ich darajasi psevdo miopiyadir. Ko‘pchilik holatda, soatlab yaqin masofada o‘qish yoki ishlash oqibatida ko‘zning siliyer mushaklari spazmi sabab psevdo miopiya paydo bo‘ladi.
Miopiya ikkita narsa, birinchisi yaqin masofada uzoq muddat ishlash tufayli fokusga oluvchi mushakning qotib qolishi — psevdo miopiya. Ikkinchisi esa ko‘zoynak tufayli hosil bo‘ladigan progressiv miopiya (lens-induced myopia). Ko‘zoynak psevdo miopiya alomatlarini vaqtincha yo‘qotadi, lekin buning natijasida ko‘zingiz cho‘zilishini boshlaydi va yanada kuchliroq ko‘zoynakka hojat seza boshlaysiz.
Eng birinchi qadam, uzoqni ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynakni yaqin masofa uchun ishlatmaslik. Chunki, bu yaqin masofa uchun juda kuchli korrektirovkadir, bu ilmiy tilda hyperopic defocus deb ataladi va qiziqqanlar bu haqida ilmiy maqolalarni topib o‘qishi mumkin. Mana shu progressiv miopiyaning eng asosiy sababidir. Demak birinchi qiladigan ishimiz, yaqinroq masofa uchun juda kuchli bo‘lmagan, faqat o‘sha masofani ko‘rishga yetarli darajada kuchli bo‘lgan ko‘zoynak olish. Lekin qanchaga kamaytirish kerak, ikkala ko‘z ikki xil bo‘lganda nima qilish kerak, bular haqida batafsil gaplashib o‘tamiz, bular hozircha umumiy qoidalar.
Ikkinchi qadam, ko‘zingizdagi o‘zgarishni o‘lchab borish. Agar ko‘zingizni ko‘rish qobiliyatini o‘lchamasangiz, undagi o‘zgarishni qanday payqaysiz? Demak, ko‘zingiz qanchalik uzoq masofani tiniq ko‘rishini o‘lchab, qayd qilib borishingiz kerak bo‘ladi. Optikaga borganingizda sizni ko‘zingizga turli linzalarni taqib harflarni ko‘rsatishi ko‘zingizni ko‘rish qobiliyatini o‘lchashdir. Buni uy sharoitida ham qilishingiz mumkin, bu haqida batafsil yana gaplashamiz.
Uchinchi qadam, bu aktiv fokus. Yaqinroq masofa uchun kamroq dioptriyalik ko‘zoynak taqish miopiyani to‘xtatadi, har qalay optometrist sizga kuchliroq ko‘zoynak yozib berishiga hojat qolmaydi. Lekin bu ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yetarli bo‘lmaydi. Yaqin masofadan ko‘p ishlash miopiyani yaxshilamaydi, ming mashqlar qiling, buning foydasi yo‘q. Aktiv fokus bu shunday chegaraki, ko‘zingiz o‘sha masofadan o‘tgandan keyin xiralasha boshlaydi, undan yaqinroqda esa tiniqlashadi. Buni aniqlash uchun yana boshqa video qilamiz. Bunda ko‘z biroz xira ko‘radi, lekin ko‘zni pirpiratish — ochib-yopish bilan bu xiralik yo‘qoladi va tasvir tiniqlashadi. Buni o‘rganish biroz vaqt olishi mumkin, xuddiki qosh qoqishni yosh bolaga og‘zaki o‘rgatish qanday qiyin bo‘lsa bu ham shunday. Uni o‘zingiz his qilib, tajribada topishingiz kerak bo‘ladi.
To‘rtinchi qadam esa, uzoq masofaga qarashni talab qiladigan mashg‘ulotlarni ko‘paytirish. U hoh sport bo‘lsin, hoh ko‘chada yurish, nima bo‘lsa ham uy ichida, kompyuter yoki telefon ekrani ro‘parasida ortiqcha, keraksiz o‘tirmaslik odatini paydo qilish. Agar sizga ko‘zning qiymati telefonda bekor vaqt o‘tkazishdan ko‘ra muhimroq bo‘lsa, albatta ko‘chaga chiqib nimadir foydaliroq ish bilan shug‘ullanishga bahona topa olasiz.
Manba: https://endmyopia.org/end-myopia-home/