Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishganlar bilan suhbat

01 ноября, 2021 1

Qahramon Jumayev, programmist: -3.00/-2.50 dan -0.50/0.00 gacha

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishganlar bilan suhbat


O‘zingizni qisqacha tanishtirsangiz.
Ismim Kahramon Jumayev, kasbim dasturchi-muhandislik.

Sizda ko‘z xiralashishi qanchondan boshlangan, va necha dioptriya bo‘lgan?
2005 yil, kutubxonada ilmiy ishim va bir maqola ustida ishlayotgan vaqtimda ko‘zimda o‘zgarish sezdim, boshida e’tibor qilmadim, lekin bu doimiy bo‘lgach ko‘z vrachiga borganman. Vrach menga yaqindan ko‘rish (Miopiya) diagnozi bilan -0.50 D ko‘zoynak yozib bergan.

Sizda Miopiya qay darajada rivojlangan? Eng yuqorisi necha dioptriya bo‘lgan?
Boshida biroz tez rivojlangan, har 1,5–2 yilda ko‘yoznak almashtirishga to‘g‘ri kelgan. Miopiya har safar -0.50/-0.75 D oshib borgan. Yuqori holat menda -3.00/-2.50 D bo‘lgan.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun sizga eng asosiy motivatsiya nima bo‘lgan?
Albatta birinchi o‘rinda sog‘lom bo‘lish va ko‘z oynak taqish bilan bog‘liq noqulayliklar asosiy turtki bo‘lgan. Har bir-ikki yilda ko‘z oynakni yoki linzalarini almashtirish, ularni doimiy parvarishi uchun ketadigan xarajatlar, shuningdek sport mashqalarida, masalan suzish sportida bu noqulayliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Qachondan boshlab miopiyaga qarshi yechim izlay boshlagansiz? Qanaqa metod, mashq yoki kurslardan foydalangansiz. Qaysi birini foydaliroq deb bilasiz?
Miopiya haqida menda oldin tushuncha bo‘lmaganligi uchun, boshida biroz vahima va tashvishga tushganman. Biroz izlanishlardan so‘ng, Mirzakarim Norbekovni “Opit duraka, ili Klyuch k prozreniyu. Kak izbavitsya ot ochkov” kitobini qarab chiqdim. Kitob faqatgina ko‘rish qobiliyatini tabiiy usullar, mashqlar orqali yaxshilash haqidagina bo‘lmay, insonni jismoniy sog‘lomligida uni ruhiy holatini katta rol o‘ynashiga ham ko‘p urg‘u beradi. Ko‘z gimnastikalari bilan shug‘ullanishda menga Vladimir Georgiyevich Jdanov ni video kurslari ko‘proq yordam bergan (menda to‘liq video disklari bor edi, https://www.youtube.com/watch?v=DcMVy3n1VPI). Hozirda men -0.5D/ 0.0 D ko‘z oynak taqaman.

Professor Jdanovning video kursini men ham bir vaqtlar ko‘ra boshlagandim. Lekin yetarlicha ishonch yoki motivatsiya bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qo‘ygandim. Bu kurslarni boshlagan o‘quvchidan nimalar kutiladi?
Mendagi kurslarda birinchi navbatta ko‘z anatomiyasi tushintirilgan va munta’zam ko‘z gimnastika mashqalarini bajarib borish talab e’tiladi.

Ko‘zingizni hozirgidek yaxshilanishiga qancha vaqt ketgan?
Ko‘zlaringiz yaxshilanayotganligini qanday aniqladingiz?

Aniq aytolmayman, boshida men ko‘p shug‘ullana boshlaganman, shu bilan birga xatolar ham qilganman, masalan ko‘p ishlash yoki keragidan ortiq mashqlar orqali ko‘zimni charchatib qo‘ygan paytlarim ham bo‘lgan. Shu sabab boshida yaxshilanish biroz sekin kechgan, shuningdek mashqlar bir vaqtda ko‘zni yanada yomonlashishini oldini olishda ham katta yordam bergan.

Ko‘z oynak taqadigan odam ko‘zidagi o‘zgarishni va ko‘z oynakni almashtirish zaruratini albatta biladi, ya’ni vrach yoki optikada ko‘z oynak va ko‘zni tekshirtirish orqali men ko‘zimdagi o‘zgarishlarni tekshirtirib turganman. Bundan tashqari uy sharoitida mashq qilish va ko‘zdagi o‘zgarishlarni munta’zam tekshirib borish uchun katta kichik harflar va raqamlar dan iborat ko‘z test jadvali bilan ishlaganman.

Ko‘zoynakdan butunlay voz kechish uchun, sizningcha, yana qancha vaqt kerak bo‘ladi?
Bu albatta meni tartib intizom bilan muntazam ishlashimga bog‘liq, yarim yoki bir yilda ko‘z oynakdan butunlay voz kechishim mumkin. Ba’zi holatlarda hozir ham menda ko‘z oynak taqishga zarurat bo‘lmaydi. Hozirgi ko‘z oynagimni quyosh va kompyuter nurlanishlaridan himoyalagani va mashina haydashda zaruratligi uchun taqaman.

Professional dasturchi-muhandis sifatida aytinchi, shu kasbda ishlab turib ko‘rish qobiliyatimizni tiklash mumkinmi?
Albatta bu insonni qanchalik kasbiy va shaxsiy hayotini bir maromda muvozanatda ushlab turishiga, o‘zini hurmat qilishi, sog‘likni hamma narsadan birinchi o‘ringa qo‘yishiga, qisqacha aytganda turmush tarzini qanday tashkil qilishga bog‘liq.

Ko‘zoynak taqadigan yoshlarga nima maslahatlar berasiz? Ko‘zoynak taqmaydigan, tiniq ko‘radiganlargachi?
Miopiya sabablari turli bo‘lishi mumkin, tug‘ma, genetik, ko‘zni ortiqcha zo‘riqtirish yoki qanaqadir boshqa faktorlar. Avvalo birinchi o‘rinda kasallik sababini yaxshilab o‘rganishish, vrach maslahatini olish zarur. Ortiqcha vahimaga tushmaslik zarur, chunki bu sog‘liqqa faqat salbiy ta’sir qiladi. Har qanday holartda ham ko‘zni ko‘p toliqtirmaslik, yengil ko‘z gimnastikalarini bajarish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, yotib yoki noqulay holatda, masalan qorong‘ulikda kitob o‘qimaslik, maslahat beriladi.


Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
  1. User
    1 ноября 2021 16:45
    Zo'r :)