2-Kun: Ko‘zoynaklar — 100 Milliard dollarlik yolg‘on

10 ноября, 2021 0

Oldingi darsga o‘tish

Kecha miopiya qanday sodir bo‘lishi, unga nimalar sabab bo‘lishi haqida o‘rganishni boshladik. Agar siz men bergan miopiya 101 kursini o‘qigan bo‘lsangiz, kecha aytilgandan ko‘ra ko‘proq narsa borligini payqadingiz. Bugun biz shularni o‘rganishga kirishamiz.

Psevdomiopiyani davolash uchun sizga ko‘zoynak kerak bo‘lmaydi deb aytganimni eslaysizmi? Albatta yo‘q, lekin mana shu haqiqatdir.

Ko‘zlarimiz dunyodagi eng zamonaviy “avtomatik fokuslash” mexanizmiga ega bo‘lib, yaqin, o‘rta yoki uzoq masofaga qarab fokusni bir zumda sozlaydi. Ushbu siliyer mushak yorug‘likni retinaga to‘g‘ri yo‘naltirish uchun doimiy ravishda korrektirovka qilib turadi. Ko‘zlarimiz tezkor va doimiy fokuslashga ega mo‘jizaviy sistemadir.

Ko‘zoynaklar esa unchalik hayratlanarli emas. Sizning ko‘zlaringiz fokus tekisliklarini dinamik ravishda o‘zgartiradi, ammo ko‘zoynaklar buni statik ravishda bajaradi. Sizning ko‘zoynaklaringiz faqat bitta korrektirovka qiladi va bu siz taqayotgan ko‘zoynakning diopriyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ko‘zoynaklaringiz yorug‘lik fokusini (fokus tekisligini) xuddi sizning tabiiy ko‘zingiz kabi siljitadi, lekin ko‘zlardan farqli o‘laroq faqat bitta muayyan masofada bo‘ladi.

Agar sizda yaqindan ko‘rar ko‘zlar bo‘lsa, siz “minus” (manfiy) linzali ko‘zoynak taqasiz. Ular yorug‘likni sizning ko‘zingiz orqasida uzoqroqqa siljitishadi (eslang: manfiy linzalar sochuvchi bo‘ladi, yorug‘likni uzoqroqqa siljitadi). Bu fokuslovchi mushaklarning spazmi muammosini hal qiladi, ammo sizning ko‘zlaringiz linzalarga moslashganda, ular gorizontal o‘sa boshlaydi, yaʼni cho‘ziladi. Bu katta mavzu, ko‘z soqqasining “x o‘qi bo‘yicha uzayishi” (“axial elongation”). Tibbiyotda ushbu mavzu bo‘yicha yuz minglab sahifali tadqiqotlar yozilgan.

Keling buni boshqachasiga tushuntirishga harakat qilib ko‘raman. Sizning ko‘zingiz optometristlar sizga beradigan, statik korrektirovkalarni amalga oshirishga yaramaydigan linza kabi zaif narsa emas. Balki — eʼtibor berib o‘qing — sizning ko‘zingiz atrofingizdagi omillar taʼsirida cho‘ziladi.

Go‘daklik chog‘ingizda katta ehtimollik bilan sizda uzoqdan ko‘rar ko‘z bo‘lgan (va ehtimol sizda yana astigmatizm ham bo‘lgandir). Keyin sizning ko‘zingiz uzunligi aynan atrof-muhit taʼsirida sozlangan. Ko‘z soqqangizning gorizontal (x-o‘qi bo‘yicha) uzunligini sizning ko‘rish qobiliyatingiz aniqlagan (garchi bu ko‘pchilik odamlarda deyarli bir xil bo‘ladi). Sizning ko‘zlaringiz atrof-muhitdan mustaqil ravishda harakat qilmaydibuni tushunish juda muhim!

Agar ko‘zoynak retseptingiz yil sayin o‘zgarishiga nima sabab bo‘lganini hech o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, buning sababi aynan yuqorida aytib o‘tganimiz kabidir. Tibbiyot fanida doimiy oshib boruvchi miyopiya haqida maxsus atama bor: “lens-induced myopia” (yaʼni linza-ko‘zoynak taʼsirida ortirilgan miopiya).

Agar bu gaplarim sizga mubolag‘adek tuyulsa, yoki shunchaki qiziqish tufayli maʼlumot olmoqchi bo‘lsangiz marhamant, Google Scholarsaytidan yuqorida aytilgan kalit so‘zlar bo‘yicha maqolalar qidirib o‘qib ko‘ring (misol uchun, pseudo myopia, axial elongation, lens-induced myopia). Bular shunchaki gap emas, ilmiy tadqiqotlar asosida tajribada isbotlangan qonunlardir.

Shoshmang, shoshmang. Agar bu haqda shuncha ko‘p tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa, unda nega hali ham bizga ko‘zoynaklarni sotishmoqda? Iltimos bu savolning javobini ko‘z shifokori yoki optemetristdan talab qilmang :)

Tushuning, ko‘zoynak bu katta biznes, ushbu metod ular uchun qiziq emas, foyda ham keltirmaydi. Optika bu savdo rastasi, ular sizga ko‘zoynak sotsa va har yili ko‘zoynaklaringizni yangilasangiz, mana shu ular uchun foyda.

Baʼzilar o‘ylashi mumkin, ko‘zoynak sotuvchi optemetristlar bizning dushmanimiz, ko‘zlarimiz yomonlashishi evaziga foyda olishni maqsad qilgan. Yo‘q, bunday emas. Muammo aslida o‘zimizda, bizning bu boradagi bilimsizligimizda. Xafa bo‘lmang, men ham bu borada siz kabi savodsiz edim, mana endi o‘qib o‘rganib, boshqalarni ham bu boradagi bilim-ko‘nikmalarini oshirishiga yordam berishga harakat qilyapman.

Mana endi siz ko‘zning qanday ishlashi va miopiya qanday paydo bo‘lishi haqida bilasiz, ortiq bu borada savodsiz emassiz :). 
Qisqacha xulosa qilib aytganda, miopiyaning asosiy bosqichlari quyidagicha:

1. Siliyer mushaklarning spazmi tufayli bo‘ladigan psevdo miopiya. Uzoq muddat yaqindan ishlash/o‘qish tufayli sileyer mushagi yaqindan ko‘rish rejimda qotib qoladi. Uzoq masofadan ko‘rish biroz xira bo‘ladi.
2. Muolaja sifatida manfiy linzali ko‘zoynak taklif etiladi. Ular yorug‘likni ko‘zning orqasiga uzoqroqqa siljitib, mushaklar spazmining asoratini yo‘qotadi (lekin uni tuzatmaydi).
3. Manfiy ko‘zoynaklar ko‘zning cho‘zilishiga olib keladi. Endi bu ko‘zoynak yetarlicha kuchli emas (odatda boshida taxminan bir yil o‘tgach). Yorug‘likni cho‘zilgan ko‘zning orqarog‘iga siljitish uchun kuchliroq ko‘zoynak kerak bo‘ladi.

Mana endi tushungandirsiz, nima uchun ko‘zoynaklardan noto‘g‘ri foydalanish muammoga hissa qo‘shadi, uni hal qilmaydi.

Ko‘zoynak sotuvchi optometristlarning fikricha, progressiv miopiya, ko‘z soqqasining gorizontal cho‘zilishi bizning nazoratimizdan tashqari narsa. Bu shunchaki yolg‘on, bunga mana bu klinik tadqiqotnio‘rganib ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Keyingi darsda ko‘rish qobiliyatimizni uy sharoitida o‘lchashni o‘rganamiz. Bu katta qadam. Buni o‘rganganingizdan keyin, qay darajadiga to‘g‘irlovchi linzalar kerakligini yaxshi tushunishinasiz va ko‘zingiz qay darajada charchaganligi yoki dam olganligini aniqlay olasiz.

Keyingi darsga o‘tish

Manba: https://endmyopia.org/day-27-your-glasses-the-100-billion-dollar-lie/

Teglar:
Miopiya Yechimi

Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив