Ko‘z mutaxassisi bo‘lmay turib bu borada maslahatlar berish mumkinmi?
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash borasida maqola va videolar tayyorlashdan oldin bu ish to‘g‘rimi, odamlar malomat qilmaydimi, foydasi bormikin degan uy-hayollar o‘tgandi. Hammaga yoqishning ilojisi yo‘q, qanchalik yaxshi ish qilmang tanqid va malomat qiladigan topiladi. Lekin ularni deb savob ishni to‘xtatib qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, tanqidlar boshlandi va bunga quyidagicha javob bermoqchiman.
Eng avvalosi, birinchi maqolam va birinchi video chiqishimda ko‘z shifokori yoki bu boradagi mutaxassis emasligimni aytgandim. Bu qilinayotgan ishlar ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima xolos.
Ikkinchidan, bu gaplarni gapirish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas. Chunki miopiya ko‘z kasalligi emas, balki tashqi omillar sifatida ko‘rish qobiliyatining susayish holatidir. Bu yerda hech qanday jarrohlik operatsiyasi, yoki maxsus ko‘z mashqlari bo‘yicha maslahat berilgani yo‘q, balki ko‘zni tabiiy ishlashi, ko‘zoynaklarning taʼsiri o‘rganilib, ko‘zoynakdan to‘g‘ri foydalanish, ko‘zlarni asrash uchun kerkali masofani, yorug‘likni va boshqa tashqi omillarni to‘g‘ri tanlash kabi kundalik tavsiyalar beriladi. Bularni tushunish uchun maktabdagi fizika faning optika bo‘limi hamda biologiya fanidan biroz maʼlumotga ega bo‘lish yetarli deb o‘ylayman. Demak, sizdan universitetda o‘qib soha bo‘yicha diplom olish talab etilmaydi.
Uchinchidan, kimnidir, qaysidir soha mutaxassislarini tanqid qilish uchun siz undan ko‘ra o‘sha sohada bilimdonroq bo‘lishingiz shart emas. Misol uchun, men Nyutonning korpuskulyar nazariyasini (yorug‘likning modda sifatida talqini) tanqid qila turib, bu nazariya yorug‘likning tabiatini to‘la ifoda eta olmaydi deyishim uchun Nyutondan ko‘ra bilimliroq bo‘lishim shart emas. Buni maktab o‘quvchisi ham bemalol ayta oladi. Chunki, ushbu nazariya yorug‘lik difraksiyasi (yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tishi) va yorug‘lik interferensiyasi (yorug‘lik dastalari bir-biri ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zaiflashuvi) hodisalarini modda sifatida tushuntirib bera olmaydi, bularni faqat yorug‘likni to‘lqin tabiati tushuntirib bera oladi. XIX asrga kelib Maksvel va Gers yorug‘likning to‘lqin tabiatini tajribada ko‘rsatib berishdi. Bularni umumiy xulosa qilib men aytamanki, yorug‘lik jism sirtida modda, havoda esa to‘lqin tabiatiga ega. Demak, kimgadir nomaʼlum bo‘lgan maʼlumotni siz bilganingiz holda, uning gapi noto‘g‘ri deb tanqid qilishingiz uchun siz undan ko‘ra bilimliroq bo‘lishingiz emas, balki ushbu maʼlumomotni (albatta u o‘z mutaxassislari tomonidan isbotlangan bo‘lishi shart, xuddiki XIX asrga kelib Maksvell yorug‘lik elektromagnit to‘lqinlarning xususiy holi ekanligini isbotlagani kabi) bilishingiz yetarli ekan.
To‘rtinchidan, ushbu uslub allaqachon ilmiy tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan, tajribada o‘z samarasini ko‘rsatgan. 1000lab odamlar ushbu uslubdan foydalanib ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun Google Scholar saytiga borib mavzuga aloqador kalit so‘zlarni qidirib ko‘ring (bu maqolalarda qayta-qayta aytilgan, maqolani to‘liq o‘qimay turib tanqid qilish nomardlik bo‘ladi).
Beshinchidan, xo‘sh, unda nima uchun buni ko‘z shifokori yoki optemetrist bilmaydi yoki sizga tavsiya etmaydi? Javobi shuki, ushbu uslub hali patentlanmangan, universitetlarda o‘qitilmaydi, shuning uchun hamma ham bilmaydi.
Oltinchidan, manfaat bor joyda korrupsiya bor, hattoki ilmiy izlanishlarda ham bo‘lishi mumkin. Agar optemetrist sizga ko‘zoynak sotsa, va ko‘zoynak miopiyaning yagona chorasi deb aytsa, demak o‘z manfaati yo‘lida sizga yolg‘on gapirgan bo‘ladi. Bir chiroyli misol keltiraman. New York Times da bosib chiqarilgan ushbu maqolani o‘qib ko‘ring, unda qanday qilib Shakar Tadqiqot Markazi 1967 yilda Garvard Universitetining 3ta tadqiqotchi olimiga bugungi kun hisobi bo‘yicha 50,000 AQSH dollari miqdorida pul berib, yurak hastaligiga shakar emas balki yog‘ sabab bo‘lishi haqida maqola chiqargan. Ko‘zoynak ham katta sanoat, katta miqdorda pul keladi bu biznesdan. Optemetrist ko‘zoynak va linza sotsa, ko‘z shifokori soppa sog‘ ko‘zingizni lazer operatsiyasi bilan “buzib qo‘ysa”, ular pulingizni oladi, siz esa…
Va oxirgisi, bu ishda menga hech qanday manfaat yo‘q, vatandoshlarimiz uchun yaxshilikni ko‘zlab qilingan xayrli ish. Hadisi sharifga binoan: