Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik — Kirish
Qiziq bo‘lishi uchun, keling so‘zimni o‘z hikoyamni so‘zlab berish bilan boshlay. Ismim Nodir, 1987 yil tug‘ilganman, kasbim dasturchi muhandis (programmist). 16 yoshimdan beri ko‘zoynak taqaman. Boshlanishida -1.00 diptrialik ko‘zoynak taqqan bo‘lsam, yillar o‘tib -3.75 gacha chiqdi.
Har yili optometristga borganimda ko‘zoynagim -0.25 dioptriaga oshib borardi. Doimiy ravishda ko‘zimni yomonlashishi yuragimni siqardi. 2018 yil optikaga bordim, o‘shanda -3.50 dioptrialik ko‘zoynak taqardim, optometrist -3.75 lik ko‘zoynak berdi. Ich-ichimdan noto‘g‘ri qilayotganimni, bunday davom etish mumkin emasligini bilardim.
Xullas yangi ko‘zoynakni taqmadim, o‘zimni eski -3.50 lik ko‘zoynagimda qoldim. 2 yildan keyin yoqmasada (chunki doim yuragimni siqadigan gap aytadi) boshqa optikaga bordim. Lekin bu safar, 17 yil deganda birinchi marta yaxshi xabar eshitdim — ko‘zim yaxshilanishni boshlapti. O‘shanda -3.25 dioptrialik ko‘zoynak yasattirdim. 0.50 dioptriaga yaxshilanish ko‘p katta natijaga o‘xshab ko‘rinmasligi mumkin, lekin o‘ylab ko‘ring shunaqa sur’atda yaxshilanishda davom etsa bir kun kelib ko‘zoynakdan batamom qutilishingiz mumkin.
Bu gapim aslo mubolag‘a emas, tabiiy yo‘l bilan, ortiqcha mashqlarsiz, jarrohlik operatsiyasisiz ko‘zni asl ko‘rish qobiliyatini tiklash mumkin. Bunga yaqinda, endmyopia.org kursi bilan tanishib amin bo‘ldim. Yil boshida (2021 yil) 3 oyga yaqin ish ta’tili olib, O‘zbekistonda bo‘ldim, shu vaqt davomida yuqoridagi kursni o‘qib o‘rganib, o‘zimda sinab ko‘rdim. Qisqa muddat ichida ko‘zimda yana yaxshilanishni his qildim. Kunduzi -2.75, kechasi -3.00 dioptrialik ko‘zoynak taqadigan bo‘ldim.
Endi ushbu kurs (End myopia — Miopiani to‘xtatish) haqida to‘xtalib o‘taylik. Miopia bu yaqindan ko‘rar, ya’ni uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydigan ko‘z holati. Kasallik emas, aynan holat deyishimga sabab ko‘z tabiiy ravishda xiralashib tiniqlashib turadi, buni fizika tilida keyinchalik batafsil tushuntirib o‘tamiz. Bu holatni to‘g‘irlash uchun (kasallikni davolash uchun emas) odatda manfiy (-) dioptriyalik ko‘zoynak taqiladi (dioptriya — linzaning optik kuchuni o‘lchash uchun ishlatiladigan birlik).
Loyiha asoschisi Jeyk Shtayna ko‘zini -5.00 dioptriyadan nolga ya’ni sog‘lom ko‘rish darajasiga tabiiy ravishda erishgan. endmyopia.org ko‘rish biologiyasi, optika, miopianing paydo bo‘lish sabablari va yechimlarini ilmiy dalillarga asoslangan holda tushuntirib beradi. Men esa ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘qiganlarimni siz bilan bo‘lishaman. Agar biror yerda shaxsiy fikrimni aytmoqchi bo‘lsam, buni ta’kidlab o‘taman. Albatta hech kim xato kamchilikdan holi emas. Agar men ham biror xatoga yo‘l qo‘ysam, yoki sizda ushbu loyiha uchun biror takliflar bo‘lsa, menga murojaat qilishingiz mumkin (https://t.me/ochkidan_qutiling).
2003–2021 yillar davomida ko’zimdagi o’zgarishlar
Foydali manbalar
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha EndMyopia 7 kunlik qo‘llanmasi
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishganlar bilan suhbat
Lazer operatsiyasi (LASIK) miopiyani tuzatadimi?
OGOHLANTIRISH (endmyopia.org saytidan):
* Biz biron bir shaxsiy tajribaning to‘g‘riligini tasdiqlay olmasak ham, dalillar to‘plami shuni ko‘rsatadiki, tabiiy miopia nazorati bu muammoni boshqarish va to‘xtatish uchun haqiqatan ham real yo‘l bo‘lishi mumkin. Biz ushbu topilmalar va tajribalarni tegishli biologik faktlar va klinik tadqiqotlar bilan birga taqdim etamiz. Isbotning asosiy yuki shaxsga bog‘liq, chunki biz natijaga kafolat bermaymiz yoki hech qanday g‘ayrioddiy yutuqqa yoki davolanishning har qanday turiga da’vo qilmaymiz.
** Biz miopiani yorug‘likning sinishi holati sifatida o‘rganamiz. Xato, kasallik yoki tibbiy holat sifatida emas. Biz tibbiy g‘oyalarni emas, balki ilmiy g‘oyalarni o‘rganamiz. Jeyk yoki @endmyopia tomonidan berilgan har qanday maslahat va takliflar 100% litsenziyasiz, ruxsatsiz, optometriya instituti tomonidan tasdiqlanmagan, chunki biz tibbiyotni emas, balki ilmni muhokama qilamiz. Biz muhokama qiladigan barcha narsalar eksperimental bo‘lib, agar sizda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, doim tekshirilgan/ruxsat berilgan fikrga murojaat qiling.
Ba’zi maxsus linzalar faqat muhokama uchun keltirilgan, ular va bu yerda keltirilgan boshqa har qanday takliflar tibbiy maslahat sifatida qabul qilinmasligi kerak. Mahalliy qonunlaringizga qarab, retseptlar va tibbiy tavsiyalar uchun mahalliy optometristga murojaat qilishingiz kerak. Haydash paytida yoki to‘liq tiniq ko‘rinishni talab qiladigan har qanday harakat paytida, to‘liq tiniq ko‘rishni ta’minlaydigan ko‘zoynaklaringizni taqishingiz kerak. Agar sizda tibbiy yordamni talab qiladigan alomatlar mavjud bo‘lsa, iltimos, oftalmolog yoki kasalxonaga tashrif buyuring!