1-kun: Miopiya haqida haqiqat: Sizning ko‘zingiz qanday ishlaydi?
Jeyk 10 yil oldin -4.00 ko‘zoynak taqardi, lekin unga -5.00 ko‘zoynak taqish buyurilgandi.
Jeykda yuqori darajali miopiya bo‘lgan. Unda tez-tez boshi og‘rishi, ko‘z charchashi va kechki payt o‘ta xira ko‘rish kuzatilgan. Lekin bugunga kelib u hech qanday jarrohliksiz, ko‘zoynak yoki kontakt linzalarisiz tabiiy tiniq ko‘ra oladi. U bunga erishish uchun ko‘p vaqt va sa’y-harakat sarfladi. Ushbu qo‘llanmalar orqali minglab odamlar ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishdi, va o‘z-o‘zidan bu tizimning qanchalik ishonchli va samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Xo‘sh, miopiyani nazorat qilishning ushbu usuli sizga yordam beradimi? Bu 100 foiz sizga bog‘liq. Bu tezkor yechim emas: dori ichmaysiz, sehrli linza taqmaysiz. Bular ko‘zingizni muammoga qo‘ygan birlamchi vositalar aslida. Sog‘lom ko‘rish qobiliyatini tiklash sizdan mehnat talab qiladi.
Avvalo, ko‘z qanday ishlashini o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. So‘ngra, ushbu bilim yordamida xavfsiz ravishda ko‘zoynak dioptriyasini kamaytirishga, kamroq yaqin masofaga va ko‘proq uzoq masofaga qarashga erishasiz. Bularning barchasi miopiyani yengishda sizga yordam beradi.
Agar haqiqatan ham miopiyadan halos bo‘lishni istasangiz, ushbu yetti kunni o‘zingiz uchun eng muhim kunlar deb biling.
Kechiktirmang. Boshqa ishlar kutib turadi. Unda boshladik.
Miopiya haqida haqiqatlar
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashdan oldin, avval ko‘zlarimiz qanday ishlashini bilishimiz kerak. Bu sizning optometristlar tomonidan qanday qilib aldanganligingizni (izoh — ixtiyorsiz aldov, haqiqatni yashirish, yoki ularning o‘zlari ham bundan bexabar) tushunishning yagona usuli. Buning uchun klinik tadqiqotni o‘rganishga kirishimiz kerak bo‘ladi.
Miopiya ikki bosqichda sodir bo‘ladi. Birinchisi «psevdomiopiya» deb nomlanadi. Psevdomiopiya fokusni boshqaradigan ko‘z mushaklaridagi vaqtinchalik siqilishni anglatadi.
Ko‘zlarimizda yaqin va uzoq masofalarni tiniq ko‘rish uchun ob’ektiv(ko‘z linzasini)ni boshqaradigan va shaklini o‘zgartiradigan aylanma mushak mavjud. U «siliyer» (eng. ciliary) mushak deb ataladi. Uzoqdagi biron bir narsaga qarasangiz, mushak bo‘shashadi va yaqin atrofdagi narsaga qarasangiz, siqiladi. Fokus nuqtasi qanchalik yaqin bo‘lsa, bu mushakning qisqarishi shunchalik kuchliroq bo‘ladi.
Deyarli hammada miopiyaning birinchi alomati uzoq muddat yaqin masofaga tikilish natijasida siliyer mushakining siqilib qolishidir. Bu vaqtinchalik. Mushak qotib qoladi va ko‘z ob’ektivi vaqtincha “yaqindan ko‘rish” rejimida to‘xtab qoladi. Shu sababli uzoq masofani tiniq ko‘ra olmaysiz. Bu psevdomiopiya, ammo buni davolash uchun sizga ko‘zoynak kerak bo‘lmaydi. Sog‘lom ko‘zlarda ham bu tabiiy holda yuz beradi, lekin har doim ham buni payqamaymiz.
Shunchaki quruq gap bo‘lib qolmasin uchun, keling Amerika Optometriya Akademiyasining 1998 yilda nashr etilgan va “Noodatiy yaqin masofada ishlaydiganlarda vaqtinchalik miopiyani kamaytirish uchun ko‘rish terapiyasi” deb nomlangan tadqiqotini ko‘rib chiqamiz.
Tadqiqot Noodatiy Yaqin Masofada Ishlaydiganlardagi Vaqtinchalik Miopiya (NYMIVM) bo‘lgan besh kishini 7–10 haftagacha ko‘rishni tekshiruvchi linzalar va Hart jadvallari yordamida ko‘rish terapiyasini o‘tkazib, kuzatib bordi. Tajribadagi kishilar Canon R-1 avtomatik refraktor yordamida ko‘rish terapiyasidan oldin va keyingi holatlari, hamda kundalik o‘zgarishlar kuzatilib, yozib borildi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, “terapiyadan so‘ng simptomlarning kamayishi va klinik sharoitidagi o‘lchovlarda sezilarli yaxshilanish hamda ob’ektiv natijalarning yaxshilanishi kuzatildi”.
Mana ko‘rish terapiyasi natija ish berishini guvohi bo‘ldingiz, endi quyidagi ikki ishni barashingiz kerak bo‘ladi:
1. Miopiya rivojlanishini to‘xtish.
2. Ko‘zingizdagi miopiyani sog‘lom holatiga qaytarish.
Ko‘zingizdagi miopiyaning rivojlanishini to‘xtatish juda muhimdir, chunki miopiyaning kuchayishi “panjara degeneratsiyasi” (ko‘zda och dog‘lar, yoki “suzib yuruvchi”lar paydo bo‘lishi), retinaning ajralishi, makulodistrofiya va boshqa ko‘plab jiddiy ko‘z kasalliklari xavfini oshiradi. Miopiyaning rivojlanishini to‘xtatish kasallikka qarshi kurashishning yarimi xolos. Qolgan yarimi esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilab borish.
Yuqorida miopiyaning boshlanishi to‘g‘risida juda qisqa gapirib o‘tdik. Bu haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Miopiya haqida batafsil kursni o‘rganib chiqing (tavsiya etiladi).
Keyingi darsga o‘tish
Manba: https://endmyopia.org/day-17-saving-your-eyes-using-this-guide/