Miopiyani ortga qaytarishni nimadan boshlash kerak?

06 января, 2023 0

Agar siz o’ta sabrsiz, shoshqaloq va dangasa bo’lsangiz unda bu metod sizga yordam bermaydi. Chunki dangasalik va mashaqqatlarga sabrsizlik miopiyaning asl sababi. Ha to’g’ri o’qidingiz. Yildan yilga kuchliroq ko’zoynak taqishingiz, lazer operatsiyasi haqida o’ylashingiz, biror vitamin yoki dori ichib ko’zlaringiz yaxshi bo’lib qolishini kutishingiz bularni hammasi qiyinchilikdan qochishingiz tufaylidir.

Agar psevdo miopiya haqida o’qigan bo’lsangiz, uning asosiy sababi yaqin masofada uzoq muddat ishlash va ko’zni sileyer mushaklariga dam bermaslikda ekanligini allaqachon bilasiz. Vaqtida ko’zga yetarlicha dam berilganda psevdo miopiya o’tib ketgan bo’lardi, lekin siz darrov optikaga yugurasiz va ko’zoynak yoki kontakt linza taqib olasiz. Bu bilan siz qiyinchiliklarsiz uzoqni yaxshi ko’rasiz albatta. Axir sizga uzoqni maksimal darajada ko’rish uchun mo’ljallangan o’ta kuchli dioptriyalik ko’zoynak berilgan, sizning ko’zlaringiz ortiqcha mehnat qilib o’tirmaydi.

Yillar davomida ko’zoynak tufayli ortirilgan miopiya — progressiv miopiya shakllanib boradi. Chunki ko’zingiz biroz xiralashganda yana kuchliroq ko’zoynakka ehtiyoj sezasiz. Axir siz (va sizning ko’zingiz) o’zi biroz harakat qilishga dangasalik qiladi-da.

Keyin ko’zoynak yoki kontakt linza taqishdan ham bezor bo’lasiz, va endi yanada osonroq yechimni qidira boshlaysiz. Qani endi biror dori yoki vitamin bo’lsada miopiya yaxshilanib qolsa. Bu hammasi xom hayol, miopiyani davolovchi biror dori mavjud emas. Balki lazer operatsiyasi qildirish kerakmikin deb o’ylab qolasiz. Yana dangasalik qilib bu operatsiyaning qanday ishlashini o’rganib ko’rishga harakat ham qilib o’tirmasdan soppa sog’ bo’lgan ko’zingizning shoh pardalarini “randalatasiz”.

Endi sizga bir inson tekinga, ko’ngilli ravishda yordam beraman deb, vaqtini sarflab, o’qib-o’rganib, maqolalarni o’zbekchaga tarjima qilib yo’l yo’riq ko’rsatadi. Ammo siz yana eronchoqlik qilasiz. “Buncha narsani qachon o’qib chiqaman, undan ko’ra o’zidan to’g’ridan to’g’ri so’rab qo’ya qolsam oson-ku” deysiz.

Maqola cho’zilib ketdi, yana erinchoqlik qilib oxirigacha o’qimasdan qochib ketmang tag’in :)

Endi asosiy maqsadga ko’chsak. Demak birinchi qilinadigan ish bu — dangasalik qilmaslik va quyida aytiladigan tavsiyalarga amal qilish. Qachonki berilgan tavsiyalarga to’la amal qilar ekansiz, shunda buning samarasini ko’rasiz. Ammo amal qilish uchun bizda yo ishonch, yoki rag’batlantirish yetishmaydi. Ishonch uchun esa bizga bilim kerak bo’ladi. EndMyopia metodi haqida yetarlicha bilmay turib uning ish berishiga ishonchingiz komil bo’la olmaydi. O’qish o’rganish esa oson ish emas, unga sabr qilish kerak bo’ladi. Shulardan kelib chiqib, quyidagilarni xulosa qilamiz:

  1. Har bir maqolalarni mundarijada ko’rsatilgan tartibda o’qib chiqing. Agar tushunarsiz bo’lsa bir necha marotaba o’qing, boshqalar bilan muhokama qiling. Toki boshqalarga tushuntira olmaguningizcha o’qib-o’rganing.
  2. Amaliyotga kelganda dangasalikni orqaga surib qo’ying. Natija sekinlik bilan keladi. Bir kunda ko’zingiz yaxshi bo’lib qolishini kutmang.
  3. Agar ingliz tilini bilsangiz EndMyopia.org saytidan maqolalar topib o’qing, tarjima qiling va boshqalarga ham ilining. Mipoiyani yaxshilashga erishganlar bilan bo’lgan suhbatlarni eshiting, boshqalarni natijasidan rag’batlaning.
  4. Ko’zingiz uchun foydali bo’lgan mashg’ulotlarni ko’paytiring. Zararli odatlar — telefon, kompyuter, televizor oldida ko’p o’tirishni to’xtating.

EndMyopia metodi xuddi matematika yoki fizika formulasiga o’xshaydi. Bir mavzuga oid masalalarni bir xil formula yordamida yechasiz, faqat parameterlar boshqa boshqa. Misol uchun hammamizga tanish — vaqt, masofa va tezlik o’rtasidagi munosabatni ko’rsatuvchi ushbu formulaga qaraylik:

t = s /v

ya’ni s masofani v tezlik bilan bosib o’tish uchun ketadigan t vaqtni ushbu formula yordamida hisoblashni hamma biladi. Buni bilgach, o’qituvchidan qayta-qayta bir xil savol berish to’g’ri bo’lmaydi.

“5km/soat tezlik bilan yurganda 2km masofani qancha vaqtda bosib o’tamiz?”
“Avtomabil 80km/soat tezlik bilan uch yarim soat harakatlansa qancha masofa bosib o’tadi?”
“100km masofani 15 daqiqada bosib o’tish uchun jism qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak?”

Yuqoridagi masalalar hammasi bitta formula bilan yechiladi, bu formulani bilganingizdan keyin turli xil raqamlar bilan keladigan bir xildagi masalani o’zingiz yecha olasiz.

EndMyopia ham xuddi shu kabi, sizga tayyor formula bor. Endi har bir odam quyidagi kabi savol berishi tepadagi misol kabi bo’lib qoladi:

“Men -3 dioptriyalik ko’zoynak taqaman, nima qilishim kerak?”
“O’ng ko’zim buncha, chap ko’zim buncha, nima qilsam yaxshi bo’ladi ?”
va hokazo.

Savollarga javob berishdan qochmayman, lekin o’zingiz avval harakat qilib o’qib o’rganmasangiz, o’zingiz javob topishga harakat qilib ko’rmasangiz, shuncha vaqt sarflab yozilgan maqolalarni yana qaytadan aytib berish menga ham malol keladi. Erinchoqlikni yig’ishtiring, o’qing o’rganing, amal qiling. O’zingizga, keyin boshqalarga ham yordam bering.


Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив