20–20–20 qoidasi
20–20–20 qoidasi uzoq vaqt yaqin masofada ishlaydiganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’z charchab qolishi oldini olish uchun tez tez ko’zga dam berib turish kerakligini tavsiya etadi. Bu qoida an’anaviy optometriya tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va miopiyaga tuzatishdagi EndMyopia metodi boshlanishdir.
20–20–20 ning ma’nosi quyidagicha:
Har 20 daqiqada
Kamida 20 soniya
20 fut (6 metr) naridagi biror narsaga qarang (izoh: kamida shuncha masofa bo’lsin, uzoqroq bo’lsa yana ham yaxshi)
EndMyopiya uzoqroq tanaffus qilishni tavsiya qiladi. Har 20 daqiqada 5 daqiqalik tanaffus qiling.
Har 3 soatda (3 soat qoidasi), eng uzun tanaffus (yarim soatdan bir soatgacha) qiling. Tashqariga chiqib, uzoqlarga qarab dam oling. Albatta tez-tez tanaffus qilishga hammada ham imkoniyat bo’lmasligi mumkin, lekin sekinlik bilan hayot tarzingizni shunga moslab, ushbu qoidaga amal qilishga harakat qiling.
Ha aytgancha, yana bir narsa
“20–20–20” qoidasi haqida eng ko’p beriladigan savol: “Ko’zlarni dam oldirish uchun har safar tanaffus qilganimda, normallashtirilgan ko’zoynak taqishim kerakmi?”
Javob: Qisqa tanaffuslar uchun qanaqa ko’zoynak (normallashtirilgan yoki differensial) taqishingiz, hatto taqmasligingiz ko’p ham farq qilmaydi. Agar siz tavsiya etilgan uzoq tanaffus qilsangiz; unda normallashtirilgan ko’zoynakni albatta taqing, chunki ko’zoynak umuman taqmaslik natijasida sizda xira tasvirga moslashish paydo bo’lishi mumkin.
- 3-kun: Qanday qilib shaxsiy miopiya sinov laboratoriyangizni yasash mumkin?
- Ko‘z qanday ishlashi va miopiya haqida batafsil kurs
- Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga erishganlar bilan suhbat
- Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik — Kirish
- Lazer operatsiyasi (LASIK) miopiya(uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik)ni tuzatadimi?