Lazer operatsiyasi (LASIK) miopiya(uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik)ni tuzatadimi?

01 ноября, 2021 0

Agar ko‘zlarning ishlash biologiyasi, miopiya sodir bo‘lishi sabablari haqida hech nima bilmasangiz avval ushbu maqolani o‘rganib chiqishingiz kerak bo‘ladi, bu bilimlarsiz ushbu maqolani tushinishingiz dargumon.

Lazer operatsiyasi (ilmiy tilda LASIK deb ataladi) uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik muammosini «tuzatadi». Qo‘shtirnoq ichida tuzatadi deyishga sabab, LASIK miopiyaning simptomlarini yo‘qotadi — operatsiyadan keyin ko‘zoynaksiz uzoqni yaxshi ko‘ra olasiz. Lekin muammoning asl sababini — ko‘z soqqasi cho‘zilishini hal qilmaydi. Lazer operatsiyasida ko‘zingizni shox pardasi biroz kesilib, nurning sinishi holatini o‘zgartiradi, xuddiki linzani yo‘nib sayqallaganingizda linzaning yorug‘lik nurini sindirish burchagi o‘zgargani kabi.

Buni misoli xuddiki uzoqni yaxshi ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynakni doimiy ravishda ko‘zingizga yopishtirib qo‘ygan kabi. Ko‘zoynak sizning progressiv miopiyangizga sabab bo‘lgani kabi, LASIKdan so‘ng ko‘pchilikda miyopi «tuzatiladi», lekin bu vaqtinchalik bo‘ladi. Operatsiyadan keyin vaqt o‘tib miopiya yana rivojlanib, ko‘z soqqasi cho‘zilishda davom etaveradi, chunki ko‘zingizda uzoqni ko‘rish uchun mo‘ljallangan «ko‘zoynak» doim mavjud, va siz uni yaqin masofa uchun ishlatasiz, ko‘z esa kuchli dioptriyani kompensatsiya qilish cho‘zilaveradi (miopiya kursiga qarang). LASIKdan keyin yillar o‘tib yana sekin uzoqni xira ko‘ra boshlaysiz, va yana lazer operatsiya qilishda davom etaversangiz ko‘zingiz uchun o‘ta xatarli bo‘lgan Retinaning ajralishi va boshqa turdagi kasalliklarga olib keladi. Ba’zi odamlarda balki yaxshi natija berar, lekin boshqalarda esa umrini oxirigacha turli xil ko‘z muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi esa og‘riqni kamaytirish uchun ko‘zlariga dori tomizadi.

Esingizda bo‘lsa, miopiyaning kuchayishiga aslida sizga ko‘zoynakni sotgan optemetrist emas, o‘zingiz aybdorsiz degandik. Optika bu bir tadbirkorlik do‘koni, ular sizga ko‘zoynak sotib pul topadi. Bu miopiyani tuzatmaydi, balki vaqtinchalik uzoqni yaxshi ko‘rishingizni ta’minlaydi. LASIK ham xuddi shunday, balki bundan ham yomonroq va xavfliroq. Agar ko‘z bo‘yicha maqolalarni o‘qishga, berilgan tavsiyalarni har kuni bajarishga, ko‘z uchun pozitiv stimul yaratadigan odatlarni qilishga erinchoqlik qilsangiz, va osongina qilib lazer operatsiyasi bilan ko‘zingizni tuzatmoqchi bo‘lsangiz, bu sizning eng katta xatoingiz bo‘ladi. Ko‘zga zarari bor ekan, unda nega qilishadi desangiz, gap yana pulga borib taqaladi.

Ba’zi holatlarda balki lazer operatsiyasi kerakdir, lekin ushbu maqolada faqatgina ko‘zoynak sabab ortirilgan miopiyani tuzatish uchun to‘g‘ri yechim emasligi ta’kidlanmoqda. Ba’zi ko‘z kasalliklari laser operatsiyasi yordamida davolanadi, buni inkor qilmaymiz, lekin bu yerda gap ko‘z kasalliklari emas, miopiya haqida ketmoqda. Avval aytib o‘tganimizdek, miopiya bu ko‘z kasalligi emas, ko‘zlaringiz soppa sog‘, va yaratilgani kabi o‘z ishini bajarmoqda, faqatgina ba’zi tashqi omillarga moslashib ko‘z soqqasi cho‘zilgan, buni esa ortga qaytarish ilojisi bor.

Agar siz allaqachon lazer operatsiyasini qildirgan bo‘lsangiz, va sizda yana miopiya davom etayotgan bo‘lsa, uni ortga (lazer operatsiyasidan keyingi yaxshi ko‘ra oladigan holatiga) qaytarishni ham ilojisi bor ekan. Endmyopiya.org da buning uchun pullik kurs bor, lekin men uni sotib olib tarjima qilish niyatim yo‘q. Ushbu saytdan quyidagi rasmda ko‘rsatilgan kursni sotib olib, endmyopia.org asoschisi Jeyk bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri konsultatsiya olishingiz mumkin:

Lazer operatsiyasi (LASIK) miopiya(uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik)ni tuzatadimi?


Maqolalarni to‘liq o‘qish uchun quyidagi kanallarga obuna bo‘ling:
Medium: https://nazarov-nodir.medium.com/
Telegram: t.me/miopiya
Youtube: https://www.youtube.com/c/NodirNazarov
Manba: https://wiki.endmyopia.org/wiki/Frequently_Asked_Questions/LASIK


Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив