Miopiya

01 ноября, 2021 0

Miopiya —yaqindan ko’rish yoki uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik deb ham ataladi, bu yorug’likning noto’g’ri sinishi holati bo’lib, bunda uzoqdagi narsalar xira, yaqindagi narsalar esa tiniq ko’rinadi. Bu ko’z soqqasi uzunligi va ko’rish tizimining fokuslanish kuchi o’rtasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga keladi, va natijada uzoqdagi obyektning tasviri to’r parda(retina)dan oldinda paydo bo’ladi.

Quyi darajali miopiya

Quyi darajali miopiya -3 dpt yoki undan past (matematik tilda katta) diapazonda uzoqni ko’ra olmaslikdir. Yillar davomida miopiyasi kuchayib ketadigan ko’pchilik odamlarga boshlanishida, psvedo miopiya sabab -1dpt atrofidagi ko’zoynak ritsepti beriladi.

Linza (ko’zoynak) sabab ortirilgan miopiyani qaytarishning asosiy tamoyillari miopiyaning barcha darajasi, shu qatori quyi darajasiga ham qo’llaniladi. Lekin -2dpt dan past (matematik tilda katta) ko’zoynak taqadiganlar uchun yaqin masofadan ishlaganda ko’zoynak shart bo’lmaydi. Bu shuni anglatadiki, ushbu darajali miopiya yaxshilanishi biroz sekinroq bo’lishi mumkin, chunki ijobiy stimul asosan uzoq masofadan ko’rish orqali paydo bo’ladi.

Yuqori darajali Miopiya

Buning ta’rifi biroz farq qilishi mumkin, lekin odatda -5 yoki -6 dan ortiq (matematik tilda kichik) dioptriya miopiyaning yuqori darajasi hisoblanadi. Bu toifadagilarda turli ko’z kasalliklari xavfi yuqori bo’ladi, shuning uchun ular doimiy ravishda ko’z shifokori ko’rigidan o’tib turishi kerak.

Manba: https://wiki.endmyopia.org/wiki/Myopia

Teglar:
Miopiya

Fikringizni qoldiring
Rasmdagilarni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив